Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan turnir Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Jumladan, erkaklar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov oltin, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov oltin, Asilbek Xusanov kumush, +65 kg vazn toifasida Asad Anvarov kumush, -58 kg vazn toifasida Qudratullo Shonazarov bronza, -80 kg vazn toifasida Qudrat Muhammadiyev bronza medaliga sazovor boʻlgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida -47 kg vazn toifasida Farida Habibullayeva yana bir bronzani delegatsiyamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Eʼtiborlisi, qitʼamizning 20 dan ziyod davlati ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan 6 nafar para taekvondochimiz Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qoʻlga kiritishdan tashqari, Xanchjouda boʻlib oʻtadigan Para Osiyo oʻyinlariga ham yoʻllanmani naqd qilib qoʻydi.