618,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman boʻlimi tomonidan “Qibraytumangaz” boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    “M.O.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr.kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.