Kattaqo'rg‘on tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarining 2020 yil 1 aprelda “Ishchi-xizmatchi xodimlar va haydovchi-mexanizatorlarni ishlab chiqarish zaruriyati sababli haftaning shanba va yakshanba kunlari ishga jalb etish to‘g‘risida”gi 11-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqning 2-bandida amaldagi tartibdan kelib chiqib, dam olish kunlarida ishlagan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 157-moddasida ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi ko‘rsatilgan. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishiladi, deb belgilangan.
Biroq korxona tomonidan ishchi-xodimlarga jamoa shartnomasida belgilangan kunlardan tashqari ishlagan ish vaqtlari uchun haq to‘lanmaganligi sababli tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
O‘rganishlar natijasida Kattaqo‘rg‘on tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 74 nafar ishchi-xodimlariga 91 million 968 ming 691 so‘m ish haqqi to‘landi.
O‘tkir HAKIMOV,
Kattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist