Lekin, ushbu chiqindilarni yigʻish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emas, dedi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi Andijonda – 45 foiz, Buxoroda – 43 foiz, Navoiy va Namanganda – 36 foizni tashkil etib, yaxshi natija koʻrsatilmoqda. Aksincha, Qoraqalpogʻiston – 10 foiz, Fargʻona va Qashqadaryo – 20 foiz bilan qolgan hududlardan orqada.

Sababi - ushbu hududlarda maishiy chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash klasterlari faoliyati hali tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish qamrovi 90 foizga yetgan boʻlsada (2017-yilda atigi 25 foiz edi), 781 ta mahallada 30 yildan buyon chiqindini olib chiqish masalasi hal etilmagani tanqid qilindi.