Toʻliq Oy tutilishi naq 85 daqiqa davom etishi kutilmoqda. Afsuski, bu tabiiy hodisani Yer sharining oʻsha vaqtda tun boʻlgan qismlaridagina kuzatish mumkin boʻladi.
Oy tutilishi uchta bosqichda boʻlib oʻtadi, bular — Oyning yarim, qisman va toʻliq tutilishi bosqichlaridir.
Oʻzbekistonda Oyning qisman tutilishi bosqichini koʻrish mumkin boʻladi.
Oyning yarim tutilish bosqichi Toshkent vaqti bilan 13:02 da, toʻliq tutilish bosqichi esa 15:16 da boshlanadi. Bu fazalarni Oʻzbekiston aholisi koʻra olmaydi. Biroq toʻliq Oy tutilishi 16:41 da tugab, yana qisman tutilish bosqichi boshlanganida, buni Oʻzbekiston hududidan koʻrish mumkin boʻladi. Qisman tutilish bosqichi 17:49 gacha davom etadi, soʻng yarim tutilish bosqichi boshlanadi va 18:56 gacha davom etadi.
Demak, 8-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:41 dan 17:49 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Oy tutilishining qisman tutilish bosqichini koʻrish mumkin boʻladi. Uni maxsus uskunalarsiz ham kuzatish mumkin boʻladi. Bu haqda Starwalk xabar bermoqda.