Xususan, joriy yilning 24-fevral holatiga respublikamiz boʻyicha jami 4 048 ta korxonada 582,1 mlrd. soʻmlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summalariga aniqlik kiritish boʻyicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.
Natijada:
– 3 842 ta, yaʼni 95 foiz korxonada (550,5 mlrd. soʻm) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
– 76 ta, yaʼni 1,9 foiz (11,7 mlrd. soʻm) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
– 130 ta, yaʼni nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 3,2 foiz soliq toʻlovchilar tomonidan 19,9 mlrd. soʻmlik QQS summasi toʻgʻri hisob (zachet)ga olinganligi holatlari boʻyicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi.
Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 120 ta korxona tomonidan QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,4 mlrd. soʻmlik soliqlar qoʻshimcha hisoblandi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish davom etmoqda.