Muloqot davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga eʼtibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro munosabatlarning ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.