“Bir gal aziz ustozim, Yozuvchilar uyushmasining oʻsha davrdagi raisi Abdulla Oripov huzurida oʻtirganimda unga hukumat mulozimlaridan biri qoʻngʻiroq qilib qoldi. Oʻrnimdan turayotsam, Abdulla aka “oʻtiraver”, deb ishora qildi.
Chala boʻlsa ham eshitganim shu boʻldiki, mulozim ertaga respublika maʼnaviyat muassasasida attestatsiya boʻlishini, lekin atoqli shoir Ibroyim Yusupov sinovdan oʻtkazilmasligi kerakligini aytdi. Tomdan tarasha tushgandek aytilgan bu gap ustoz uchun saratonning oʻrtasida qor yoqqandek taassurot qoldirdi.
— Men bu yechim uchun ovoz bermayman. Maʼqulmi? — dedi yongʻoq olsa chaqib koʻrishni unutmaydigan Abdulla aka...”
Abdulla Oripov oʻsha paytda Ibroyim Yusupovni lavozimida saqlab qola oldimi? Bu haqda bilmoqchi boʻlsangiz, ertaga “Yangi Oʻzbekiston” gazetasini albatta oʻqing!