"Afgʻonistondagi holat hammamizga saboq boʻlishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yoʻl qoʻymaymiz. Chunki Oʻzbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar.

Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib oʻtishga urinish boʻldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qatʼiy, kerak boʻlsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. 

Kechagi vaziyatda ham oʻz vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok boʻldi. U shu yurt farzandi — namanganlik edi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.