- Odam organizmida rux, ya'ni tsink moddasi tanqis bo'lsa, avvalo sezish qobiliyatlari — ko'rish, hidlash, ta'm bilish izdan chiqadi. Bu esa o'z navbatida ishtaha yo'qolishiga, ovqat hazm qilishning buzilishiga, shapko'rlik kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Tushkun kayfiyat, charchoq, hayotga bo'lgan qiziqishning so'nishi — rux etishmasligining asosiy belgilaridir. Soch to'kilishi, tirnoqlarda oq dog'lar paydo bo'lishi, dermatit va yaralarning sekin bitishi, suyaklarning mo'rt bo'lib, revmatizm va artrit kasalliklari kelib chiqishi ham rux etishmasligi tufayli kelib chiqadi.

Kasallikning oldini olish uchun tarkibida rux elementi ko'p bo'lgan tabiiy meva-sabzavotlar, ko'katlar, ziravorlar, dukkakli don mahsulotlari hamda ulardan tayyorlangan milliy taomlarni iste'mol qilishga odatlanish kerak.

Uzum va tut shinnisi, o'rik va achchiq bodom danagi, qora mayiz, turshak, yong'oq, kepakli non, sumalak, kartoshka, pomidor, no'xat, sut va go'sht mahsulotlari hamda tuxum sarig'ining tarkibida rux moddasi ko'p.