Joriy yilning boshida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari-2020” (Agri-net 2020) grant dasturini eʼlon qildi. Bu dastur uch bosqichli tanlov asosida boʻlib, qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi barcha tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari miqyosida oʻtkazildi. Tanlov gʻolibi Yaponiya davlatining nufuzli oliy-oʻquv yurtlarida grant asosida oʻqishni qoʻlga kiritar edi.

Koʻpgina tashkilotlar va oliy oʻquv yurtlari qatori Toshkent davlat agrar universiteti ham oʻzining nomzodini taqdim qildi. Bunda «Agrobiologiya» fakulteti “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi assistenti Nizomov Sherzod Sadretdinovich “Suv tanqisligi sharoitida AquaCrop modelini oʻrganish” mavzusi bilan ishtirok etdi. Uch bosqichli tanlov natijalariga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodimiz Nizomov Sherzod Sadretdinovich tanlovning mutlaq gʻolibiga aylandi. Endilikda, u Tokio texnologiya va qishloq xoʻjaligi universitetining doktorantura bosqichida grant asosida 3 yil tahsil oladi.