"Air Samarkand" aviakompaniyasi Samarqanddan Toshkentga ilk ko‘rgazmali parvozini amalga oshirdi

    Transport 29 Dekabr 2023 448

    28-dekabr kuni "Air Samarkand" mahalliy aviakompaniyasi "Airbus" A330 samolyotida Samarqand — Toshkent —   Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining ilk ko‘rgazmali parvozini amalga oshirdi.

    Ekipaj va aviakompaniya vakillarini "Uzbekistan Airports" rahbariyati, samolyot esa an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan, tantanali ravishda kutib olindi.

    Parvozdan ko‘zlangan maqsad parvoz ekipaji faoliyatini tekshirish, shuningdek, yo‘lovchilarni tashishni boshlashdan oldin barcha talab va tartiblarning bajarilishini ta’minlashdan iborat edi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq aviakompaniya O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligidan operator sertifikatini olgan edi.

    "Air Samarkand" — Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi. 2022-yil aprel oyida tashkil etilgan. Aviakompaniya "Airbus" A330, A320 va A321 kabi zamonaviy samolyotlarga ega.