“ACI Europe” maqsadlari tashkilotga aʼzo aeroportlar manfaatlarini ifodalash, aviakompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yoʻllarini izlash, aeroport operatorlari manfaatlarini nazorat qiluvchi organlar va qonun chiqaruvchi tuzilmalarda, shuningdek, bu borada jamoatchilik fikrini shakllantirishga taʼsir qiluvchi doiralarda ilgari surishdan iborat.
“ACI Europe” aeroportlarning xavfsiz, ishonchli va samarali ishlashini taʼminlagan holda aviatsiya sektorining barqaror oʻsishiga koʻmaklashadi. Ushbu global tashkilotga qoʻshilishning koʻplab afzalliklari bor, jumladan uning resurslari, sanoatning ilgʻor tajribalari va xalqaro aeroportlar mutaxassislarining keng tajribasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu bizga yoʻlovchilar tashuvini yaxshilash, faoliyat standartlarini oshirish va aviatsiya sanoatining barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshish boʻyicha umumiy maqsadlarni muvofiqlashtirish imkonini yaratadi. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi “ACI Europe” bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikka intiladi. Biz birgalikda nafaqat aeroport xizmatlari sifatini oshirish, balki Oʻzbekiston aeroportlarining global aviatsiya maydonidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlar ustida ishlash niyatidamiz”, — deya izoh berildi boshqaruv kompaniyasida.
Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi matbuot xizmati xabar beradi.
“ACI Europe” aeroportlarda tajriba almashish, konferensiyalar va koʻrgazmalar tashkil etish, innovatsiyalar va texnologik yangiliklarni tatbiq etishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston aeroportlarining Aeroportlar kengashiga qoʻshilishi jahon aeroportlari bilan faol hamkorlik qilish, jumladan global aviatsiya siyosati va qonunchiligini rivojlantirishga koʻmaklashish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.