AKT vazirligi va “Kasperskiy Laboratoriyasi” kiberxavfsizlik masalalarni muhokama qilishdi

    Raqamlashtirish 1 Iyul 2020 1883

    Joriy yil 30-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik masalalari: Strategik sessiya” mavzusida onlayn-konferensiya oʻtkazildi.

    Konferensiyada vazirlik va idoralarning axborot xavfsizligi bilan ishlaydigan masʼul xodimlari, institutlar, ilmiy muassasalar, operator va provayderlarning texnik direktorlari, hamda boshqa xoʻjalik subyektlari masʼullari ishtirok etishdi.

    Tadbir doirasida davlat sektori, sanoat obyekt va korxonalarida axborot xavfsizligi dolzarb masalalari koʻrib chiqilib muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kibertahdidlarning oldini olishga, davlat obyektlari va tizimlarida monitoring oʻtkazishga va toʻliq xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan ishlanma va texnologiyalar taqdim etildi.

    Bugungi kunda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlatlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasida barcha iqtisodiy tarmoqlarida olib borilayotgan raqamli islohotlar hozirda barcha davlat va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda oʻz ijobiy samarasini koʻrsatmoqda, – deb taʼkidladi «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasining Markaziy Osiyo, MDH va Boltiq boʻyi davlatlari boʻyicha boshqaruvchi direktori Yevgeniy Pitolin.

    Raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, keng joriy etilishi va kibertahdidlarning koʻpayishi tufayli hozirda davlat tomonidan axborot xavfsizligi masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda milliy Axborot xavfsizligi monitoringi markazning (SOC) yaratilishi kuchli trendga aylanib qolmoqda. Mazkur markazlar bir qator vazifalarni amalga oshirishga: kibertahdidlarni aniqlashga, kiberhujumlarni bartaraf etishga va barcha davlat tizimlarning toʻliq xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Bu borada kiberhujumlardan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda va ularning tajribalari mazkur muammolarni hal qilish foydalaniladi, — deb taʼkidladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi boshligʻi Bahodir Sultonov.

    Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberxavfsizlik sohasida mavjud boʻlgan ishlanmalarni hamda axborot xavfsizlik sohasida va yagona xavfsizlik ekotizimini yaratishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan turli oʻquv dasturlarini muhokama qilishdi.

    Maʼlumot uchun:

    Kasperskiy Laboratoriyasi” axborot xavfsizligi sohasida 1997-yildan buyon faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro kompaniya. «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi portfoliosiga moslamalarni himoya qilishda ilgʻor mahsulotlar hamda murakkab va kundan kunga takomillashtirib borayotgan kiberhujumlarga qarshi kurashish maxsus ishlanma va servislar kiradi. «Kasperskiy Laboratoriyasi» texnologiyalari dunyo boʻyicha 400 milliondan ortiq foydalanuvchi va 250 mingdan ortiq korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

    Manba: Axborot xizmati