Toshkent viloyatidagi tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan mazkur haftalik doirasida “Siz kelmang o'zimiz boramiz” aktsiyasi doirasida keksalar xonadonida bo'lib, ularning davlat xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlari o'rganildi.
Olmaliq shahar, Ohangaron va Parkent tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari haftalik doirasida keksalarga hurmat, ehtirom ko'rsatib, keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo'llanmalar berish, pensiya haqida ma'lumotnoma olish, nafaqa tayinlash uchun ariza berish, kadastr pasportini shakllantirish, elektron raqamli imzo olish bo'yicha sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Shuningdek, tadbir davomida ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari va qonunchilikdagi yangiliklar to'g'risida huquqiy tushunchalar ham berildi.
Ma'lumot o'rnida, Toshkent viloyatida “Siz kelmang-o'zimiz boramiz” aktsiyasi doirasida nogironligi bor, keksa yoshdagi otaxonu onaxonlarga 1 ming 160 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati.