Fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻz tumanlararo sudining 2019-yil 22-fevral kungi ijro varaqasiga koʻra, qarzdor X.Qdan undiruvchi O.X foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment toʻlashi belgilangan.

Biroq, qarzdor X.Q shu vaqtga qadar jami 7 million 553 ming 546 soʻm aliment pulini toʻlamasdan voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan qasddan boʻyin tovlagan.

Shu sababli, Byuroning Ulugʻnor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan qarzdor X.Qga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.

Sudning qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.