Aniqlanishicha, fuqaro Karimjon Nuriyev (ismi familiyasi oʻzgartirilgan) turmush oʻrtogʻi bilan ajrab ketadi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining qarori bilan 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun har oyda topgan daromidan aliment toʻlanishi yuklatiladi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Mingbuloq tuman boʻlimi ish yurituviga olinadi. Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, otaning masʼuliyati bir necha bor tushuntiriladi. Biroq, bundan toʻgʻri xulosa qilmagan fuqaro farzandi uchun aliment toʻlashni paysalga solib keladi. Ish boʻyicha toʻplangan hujjatlar tuman maʼmuriy sudga yuboriladi.
18-dekabr kuni boʻlib oʻtgan sudda unga nisbatan amaldagi qonunchilikka koʻra 15 sutkalik maʼmuriy jazo qoʻllanildi.
Aʼzamjon Dehqonov,
MIB Mingbuloq tuman boʻlimi boshligʻi