Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen o'zining Twitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
“Kun yarmida Alp tog'laridagi Armansett muzligida qor ko'chdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, to'rt kishi halok bo'lgan, bir necha kishi jarohatlangan. Qutqaruvchilar ishni davom ettirmoqda”, — deb yozadi vazir.
Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Buning uchun ikkita vertolyot ham safarbar qilingan, deb xabar beradi mir24.tv.