Bu 36 nafar olimlar guruhi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda maʼlum boʻldi. Tasavvur qilish uchun, bu Buyuk Britaniyadan 10 baravar katta hudud degani. Tadqiqot sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari va 2001-2018-yillardagi Amazonkadagi oʻzgarishlar haqidagi ochiq manba maʼlumotlariga asoslangan.
Olimlarning tushuntirishicha, degradatsiya oʻrmonlarning toʻliq kesilishini anglatmaydi. Bu atama inson faoliyati natijasida oʻrmon hududidagi vaqtinchalik yoki doimiy oʻzgarishlarni bildiradi.
Oʻrmon yongʻinlari, noqonuniy daraxt kesish, haddan tashqari qurgʻoqchilik tanazzulga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, daraxtlar kesilgan hududlarda salbiy oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Baʼzi joylar bir vaqtning oʻzida yuqoridagi bir nechta omillardan aziyat chekadi.
Tadqiqotchilar Amazonka oʻrmonida 2050-yilgacha boʻlgan oʻzgarishlarni bashorat qilishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, oʻrmonlarning kesilishiga qarshi kurashishga qaramay, degradatsiya atmosferaga uglerod tashlanmalari taʼsirida yuzaga kelishda davom etadi.