Bugun Nurota tumaniga Amerika davlatidan sanʼatshunos Kate Kenan tashrif buyurib, “Nurota kashta maktabi”ning ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonga tuman hokimi oʻrinbosari G.Bobomurodova hamrohlik qildi.
Tumanning lider tadbirkori Saodat Fayziyevaning kashtachilik sanʼatini rivojlantirish, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash masalalaridagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tashrif davomida Kate Kenan tomonidan Nurota kashtalarini eksport qilish boʻyicha hunarmand Gulmira Islomova bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, joriy yilning oxiriga qadar Nurota kashtalarining savdo koʻrgazmasini Amerika davlatida tashkil etish boʻyicha ham fikr almashildi.