2021-yil 17-yanvarda Xalq taʼlimi vazirligi AQSHdan 6 nafar xalqaro professorni qabul qiladi. Ular tomonidan English Speaking Nation loyihasi doirasida umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari uchun ingliz tili darslari va malaka oshirish seminarlari oʻtkaziladi.

6 nafar professor 10 oy davomida Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.

Professorlar magistr va doktorlik darajalari hamda AQSH, Yevropa va Osiyoda koʻp yillik oʻqitish tajribasiga ega. Ular TESOL hamda TOEFL oʻqitish hamda maktab taʼlimi sohasida xalqaro miqyosda tan olingan sertifikat sohiblaridir.

Har yili 350-700 nafar xalq taʼlimi tizimining ingliz tili oʻqituvchilari Mintaqaviy markazlarda qayta tayyorlashdan oʻtishini inobatga olsak, amerikalik professorlar yordamida 4 000 nafar ingliz tili oʻqituvchisi oʻz malakacini oshiradi, deb xabar beradi xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.