Amudaryo ustidan oʻtuvchi qoʻshma koʻprikda transport harakati vaqtincha toʻxtatiladi

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Amudaryo ustidan oʻtuvchi qoʻshma koʻprikda transport harakati vaqtincha toʻxtatilishini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, Amudaryo tumanining Qipchoq – Blokpost stansiyalari oraligʻidagi temiryoʻl kesishmasini jihozlash boʻyicha qoʻshimcha ishlar olib boriladi. Shu munosabat bilan 7-may kuni soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qoʻshma koʻprikda vaqtincha toʻxtatiladi.

    Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton koʻprigi orqali amalga oshiriladi.