Haddan tashqari sovuq tuman tufayli ko'rinish chegarasining pasayishi (50 m) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo'ydi.

Xususan, Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yo'lovchi reyslari bekor qilindi.

Yo'lovchilariga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida ma'lumot berildi.

Andijon aeroporti ma'lumotlariga ko'ra, o'ta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.