Andijonda davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat taʼlim tashkiloti ochildi

    Keyingi avlod 24 Dekabr 2020 6568

    Andijon shahrining Qoʻshariq daxasida joylashgan “Izyuminka” davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Andijon shahar hokimligi xodimlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    “Izyuminka” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihaga 1 mlrd 900 mln oʻz mablagʻi va 4 mlrd 400 mln soʻm bank krediti hisobidan jami 6 mlrd. 300 mln. soʻm sarflandi.
    Zamonaviy muassasada 200 nafar bolajonlarga ingliz, rus va koreys tillari hamda kompyuterda ishlash oʻrgatiladi.