Tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Andijon shahar hokimligi xodimlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Izyuminka” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihaga 1 mlrd 900 mln oʻz mablagʻi va 4 mlrd 400 mln soʻm bank krediti hisobidan jami 6 mlrd. 300 mln. soʻm sarflandi. 
Zamonaviy muassasada 200 nafar bolajonlarga ingliz, rus va koreys tillari hamda kompyuterda ishlash oʻrgatiladi.