Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 631-sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng targ'ib etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan qator targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Andijon shahri "Mangulik" ko'chasi 34-uyda tashkil etilgan yana bir oilaviy mehmon uyiga bosh boshqarma tomonidan oilaviy mehmon uyi reestridan ko'chirma topshirildi.
Rasman ish faoliyatini boshlagan ushbu oilaviy mehmon uyida quyidagi qulayliklar mavjud:
* Wi-Fi;
* Umumiy ovqatlanish shaxobchasi;
* Aloqa to'lov tizimi;
* Dorixona;
* Bankomat;
* Transport xizmati
Bu haqda Andijon viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.