1. Andijon shahar hokimining 18.10.2019-yildagi 798-q sonli qarori bilan Andijon shahri Mashrab koʻchasida 7 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan. 

Belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli boʻlgan shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Biroq, Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida loyihachi “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan Shaharsozlik norma va qoidalari talablarining bajarilishida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi. Ularni bartaraf etish boʻyicha 2021-yilda 2-7/41-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatmaga “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan oʻz vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya 35-sonli xat asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudiga yuborgan.

2. Izboskan tumani hokimining 25.09.2019-yildagi 2915-q sonli qarori bilan Izboskan tumani Poytug shahri Mirzo Ulugʻbek MFY Yangi bozor koʻchasi hududida koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Qurilish ishlari esa “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ mansabdor shaxsiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha 11.02.2021-yilda 03/03-1-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Yozma koʻrsatma boʻyicha tashkilot masʼul shaxsi tomonidan oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida 32-sonli bayonnoma va 32-sonli xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

3. Andijon shahar hokimining 06.08.2018-yildagi 860-q sonli qarori bilan Andijon shahar, Fitrat koʻchasida 6 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan.

Ushbu obyekt boʻyicha ham shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha esa ushbu obyektning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha 09.02.2021-yilda 14-2/006-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatma boʻyicha oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, chora-tadbirlarga belgilangan vaqtda javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida 36-sonli bayonnoma va 02.03.2021-yilda 36-sonli xat asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi
1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

4. Baliqchi tumani hokimining 13.04.2020-yildagi 140-q sonli qarori bilan Baliqchi tuman, “Oqqoʻrgʻon” MFY hududida 9 qavatli (1-qavatlari “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish” shahobchalari, yuqori qavatlari turar-joy) obyekt qurishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlarini “Standart savdo plast” MCHJ olib bormoqda. Ushbu turar joy boʻyicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha esa ularni bartaraf qilish yuzasidan 12.02.2021-yilda 02-8/7-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatma boʻyicha masʼul shaxs tomonidan oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Baliqchi tumani sudiga yuborilishi uchun hujjatlar tayyorlandi.

5. Andijon shahar hokimining 23.04.2020-yildagi 203-q sonli qarori bilan Andijon shahar “Yayilma” MFY, 4-qavatli turar-joylar hududida “And Ravnaq Construction” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi
№370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli boʻlgan shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirilishida buzilishlar mavjud yaʼni obyekt Andijon shahar Bosh rejasiga kiritilmagan hamda loyiha “Arxitektura-shaharsozlik kengashi” tomonidan koʻrib chiqilmagan, bayon olinmagan.

Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha loyiha muallifi “Meʼmor arch konsept” MCHJga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha 02.02.2021-yilda 2-7/2-m-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatmaga loyiha muallifi “Meʼmor arch konsept” MCHJ direktori tomonidan oʻz vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida 34-sonli bayonnoma rasmiylashtirilgan va 34-sonli xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

6. Izboskan tumani hokimining 08.06.2020-yildagi 249-q sonli qarori bilan Izboskan tumani, “Daminboychek” MFY hududida 2 dona 5 qavatli turar-joy binolari qurilishiga va loyiha-smeta hujjatlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlari esa “MIDX” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida qurilishning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha 12.02.2021-yilda 4863-sonli koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatma boʻyicha oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.2019-yildagi “Ppoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PK 5886-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror Nizomiga asosan Andijon viloyatida ham “2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar” qurib, aholiga qulaylik yaratib berish maqsadida Xoʻjaobod tumani hokimining 30.12.2019-yildagi 1725-q sonli qarori bilan Xoʻjaobod tumani, Ittifoq massividagi 5-7 qavatli turar-joy binosi qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirgan. Qurilish pudrat ishlari “Baraka Fayz ixtisoslashgan qurilish” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha inspeksiya tomonidan 12.02.2021-yilda 02-8/4-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Berilgan yozma koʻrsatma boʻyicha oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani bois Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumani sudiga yuborish uchun hujjatlar tayyorlangan.

8. Andijon shahar Buxoro koʻchasida 9 qavatli, 1-qavatini savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, yuqori qavatlari 101 xonadonli turar-joy binosining qurilish ishlari “Smart panel hamkor” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan shaharsozlik hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha 12.02.2021-yilda 14-02/009-sonli yozma koʻrsatma berilgan.

Masʼul shaxs tomonidan berilgan yozma koʻrsatma boʻyicha oʻz vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan 02.03.2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumani sudiga topshirilgan.

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati