Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda oliy ta'lim muassasalari rektorlari, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Viloyat rahbari iqtidorli yoshlarga ishonch bildirib, yurt ravnaqi yo'lidagi faoliyatlarida omad tiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 807 nafar nomzod hujjat topshirgan bo'lib, 4 ta bosqichli tanlov jarayonlarida ishtirok etdi. Natijalar 100 ballik mezonda baholangangan.

“Kelajak liderlari” klubi a'zoligiga qabul qilingan nomzodlarning 44 nafari (88 %) erkak, qolgan 6 nafari (12 %) xotin-qizlar, shuningdek 28 nafari (56 %) davlat xizmatchilari, 22 nafari (44 %) talabalar hisoblanadi.

Samimiy muloqot davomida viloyat rahbari “Kelajak liderlari”ga sertifikatlar topshirdi.

Tadbir so'ngida klubning tashkiliy tuzilmasi shakllantirildi. Saralangan yoshlar orasidan klub faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Klub prezidenti” va “Vitse prezidenti” lavozimlariga nomzodlar ovoz berish yo'li bilan saylandi. Kelgusidagi rejalar belgilandi.