Andromeda galaktikasida noodatiy yulduzlar topildi

    Lowell Discovery teleskopi Andromeda galaktikasida 19 ta yangi Volfa-Raye yulduzlarini aniqladi.

    Garvard-Smitson markazi va Shimoliy Arizona universiteti astronomlari Andromeda galaktikasida joylashgan va Volfa-Raye tipiga mansub 19 ta noodatiy yulduzni topishdi.

    Volfa-Raye yulduzlari juda issiq va juda yorqin yulduzlardir. Volfa-Raye yulduzlar evolyutsiyasining kech bosqichida bo'lgan va og'irligini juda yuqori tezlikda yo'qotadigan massiv yulduzlardir. Bugungi kunga qadar faqat bir necha yuzta ana shunday yulduz topilgan, ularning aksariyati Somon yo'lida, deyiladi lenta.ru saytida.