Birinchi yoʼlovchi reysi 2023-yil 17-aprelga belgilangan. Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga bir marta – dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 "AnadoluJet" – bosh qarorgohi Аnqarada joylashgan Turkish Airlines loyihasi boʼlgan aviakompaniya. Аviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud boʼlib, ular 89 ta yoʼnalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.