Qurilish Amerikaning “Bleck end Vitch Speshl Projekts Korp” kompaniyasi tomonidan Pentagonning roziligi bilan amalga oshirilgan.

Ukraina Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga qaraganda, “SHartnomada biologik qurollar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo'lgan texnologiyalar, patogenlar va bilimlar tarqalishining oldini olish maqsadida  epidemiologiya va Gigiena ilmiy-tadqiqot instituti (L`vov), Ukraina vaboga qarshi ilmiy-tadqiqot instituti (Odessa) va Sog'liqni saqlash vazirligi muassasalariga yordam ko'rsatish nazarda tutilgan.

2016 yilda davom ettirilgan hamkorlikka doir hujjat Uintegratsiyasi vazirligi va “Bleck end Vitch Speshl Projekts Korp” kompaniyasi tomonidan kelishilgan.

Uch yil ichida 1,28 million dollarni o'zlashtirish rejalashtirilgan loyihaning asosiy maqsadi Ukraina laboratoriyalarini kasalliklarning yagona onlayn monitoring tizimiga ulash edi.

O'tgan yili Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev AQSH dunyo bo'ylab 200 dan ortiq biologik laboratoriyalarni, shu jumladan Gruziya, Ukraina va boshqa davlatlarda foydalanishga topshirganini aytdi.