AQShning Merilend shtatida 58 yoshli erkak choʻchqaning yuragi transplantatsiyasidan soʻng vafot etdi. Shu bilan birga, bemor murakkab operatsiyadan soʻng deyarli ikki oy yashashga muvaffaq boʻldi va hatto reabilitatsiyada “sezilarli yutuqlarga” erishdi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari faxriysi Lourens Fosett sentabr oyi oʻrtalarida yurak yetishmovchiligining soʻnggi bosqichi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Sogʻligʻi anʼanaviy transplantatsiya uchun yaroqsiz deb topildi, shuning uchun u genetik modifikatsiyaga uchragan hayvon organini koʻchirib oʻtkazishga rozi boʻldi. 

Operatsiyadan soʻng erkak nafaqat omon qola oldi, balki tiklanishni ham boshladi. Biroq soʻnggi kunlarda uning ahvoli yomonlashdi va shifokorlarning urinishlariga qaramay, Fosett vafot etdi.