AQSHda 498,8 ming kishi koronavirus qurboniga aylandi, deb yozadi “RBK” Jons Hopkins universiteti maʼlumotlariga tayanib. Bu mamlakatning Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari va Vyetnamdagi urushda koʻrgan harbiy talafotlardan ham koʻproqdir.
AQSH Faxriylar masalalari boʻyicha vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Birinchi jahon urushi yillarida 53,4 ming, Ikkinchi jahon urushida 291,5 ming, Vyetnamdagi urushda esa 47,4 ming amerikalik harbiy halok boʻlgan.
Koronavirusdan eng koʻp oʻlim qayd etilgan mamlakatlar uchligiga Braziliya (246,5 ming kishi) va Meksika (179,7 ming kishi) ham kirdi. Rossiyada esa, tezkor shtab maʼlumotlariga koʻra, 83,2 ming kishining oʻlimida koronavirus asosiy sabab boʻlib xizmat qilgan.
AQSH koronavirusni yuqtirib olganlar va uning oqibatida vafot etganlar soni boʻyicha yetakchi boʻlib qolmoqda. Pandemiya boshidan buyon u yerda 28,1 million kishi COVID-19ʻga chalingan. Bir kecha-kunduzdagi maksimal oʻsish 2-yanvar kuni qayd etilgan — oʻsha kuni qariyb 300 ming kishi kasallangan. 19-fevralga kelib, koʻrsatkich 106,3 ming kishigacha tushgan.
1-fevraldan AQSHda jamoat transportida, aeroportlarda va vokzallarda majburiy niqob rejimi amal qilmoqda. Dekabr oʻrtalaridan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangan.