ABC Newsning xabariga ko'ra, Beechcraft Hawker G-36 uchuvchisi parvozdan ko'p o'tmay dvigatelda nosozlik borligini xabar qildi va aeroportga qaytib kela olmagan holda, Brauns-Bridj avtomagistralga qo'nishga qaror qildi.

Qo'nish paytida samolyot bir nechta avtomobilga borib urildi.

Geynsvill politsiyasining ma'lumotlariga ko'ra, hodisa oqibatida kamida to'rt kishi jarohat oldi: samolyot bortida bo'lgan ikki kishi va mashinalarda bo'lgan ikki nafar haydovchi. Shifokorlarning aytishicha, jabrlanganlarning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Federal aviatsiya ma'muriyati (FAA) texnik nosozlik sababini tekshirishni boshladi, deb xabar berdi report.az.