Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur reys AQSHning oʻz chegaralari xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlari doirasida tashkil etilgan.

Donald Tramp lavozimga kirishganidan buyon Qoʻshma Shtatlar noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish va oʻz fuqarolari hamda chegaralarini himoya qilish maqsadida 1000 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qilgan.

Shuningdek, AQSH hududiga noqonuniy kirgan shaxslar qonunchilikka muvofiq, javobgarlikka tortilishi, jumladan, qamoqqa olinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligi taʼkidlangan.

Qoʻshma Shtatlar deportatsiya tadbirlarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirgan.