Sayyoraning shakllanishi Yerdan 5000 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan V960 Mon yulduzi yaqinida sodir bo'ldi.
Olimlar yulduzni kuzatishni 2014-yilda boshlagan, o'shanda uning yorqinligi 20 baravarga oshgan, bir necha oydan keyin esa yana pasaygan. Mazkur jarayonning sababi noma'lumligicha qolmoqda.
Yangi tadqiqot V960 Mon yaqinida hamroh yulduz borligini aniqladi. Bundan tashqari, u o'ralgan spiral “qo'llar”ga ega, bu erda gaz va chang asta-sekin birlashib, sayyoralarga aylanadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, ular birinchi marta yosh yulduz atrofida mazkur jarayonni aniqlashga muvaffaq bo'lishdi, bu esa ulkan sayyoralarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. ALMA teleskopi tasvirlari gaz va changning tobora yaxlitlik hosil qilayotganini ko'rsatdi.
Sayyoralarning yuzaga kelishini kuzatish olimlarga quyosh tizimining evolyutsiyasini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.