"Buzgʻunchi kuchlar targʻibot va mafkuraviy taʼsirning yangi uslublaridan foydalangan holda ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etmoqda.

Shu munosabat bilan yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-gʻayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yoʻnaltirish uchun tizimli hamkorlikni oʻrnatishimiz kerak.

Oʻgʻil-qizlarimiz oʻz kuchiga ishonishi, adolatli kelajakni qaror toptirishda oʻz ishtirokini his etishi, oʻz salohiyat va umidlarini amalda roʻyobga chiqarish imkoniyatlariga ega boʻlishi lozim.

Majlisimizning Yoshlar kengashi hamraisi sifatida turli yoshdagi insonlar oʻrtasida bir-birini yaxshiroq tushunishga daʼvat etadigan, farzandlarimizning eng dolzarb muammolariga birgalikda yechim izlashga koʻmaklashuvchi yangi formatni – Avlodlar muloqotini yoʻlga qoʻyishni taklif etamiz.

Yosh yetakchilar Forumi doirasida bunday ilk uchrashuvni 2023-yil aprel oyida Samarqandda oʻtkazishga tayyormiz".