Yangi janubiy uelslik keksa ayol dastlab 2021-yil yanvar oyining oxirida qorin og'rig'i va diareya, shuningdek, doimiy quruq yo'tal, isitma va tunda terlash bilan bog'liq alomatlar tufayli kasalxonaga borgan. 2022-yilga kelib, yangi alomatlar qo'shildi – xotira pasayishi va depressiya. Mahalliy shifokorlar uni Kanberra kasalxonasiga yuborishga qaror qilishdi. U yerda MRT ayolning miyasida jarrohlik amaliyotini talab qiladigan alomatlar borligini aniqladi.

Operatsiya davomida neyroxirurg 64 yoshli bemorning boshidan sakkiz santimetr uzunlikdagi yumaloq parazit qurtni olib tashladi. Ma'lum bo'lishicha, ayolning tanasida Ophidascaris robertsi yumaloq qurti bo'lgan. Parazit odatda pitonlarda uchraydi.

Bemor pitonlar yashaydigan ko'l yaqinida yashaydi. Taxminlarga ko'ra, u parazitlar ilashgan ko'katlarni terib, iste'mol qilgani tufayli ular uning organizmiga kirib qolgan bo'lishi mumkin. Shifokorlar avstraliyalik ayolni boshqa uning organlariga kirib ketishi mumkin bo'lgan boshqa lichinkalarga qarshi davolamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.