Uning taʼkidlashicha, avtomashinalar “Mehr daftari” jamgʻarmasi hisobidan xarid qilinmagan. Ushbu holatda texnik xatolik yuz bergan boʻlishi mumkin.
"Viloyat hokimligi xarid qilgan gibrid transport vositalari Prezidentmizning 2022-yil 19-dekabrdagi (PQ-443) qarori asosida xalq deputatlari viloyat kengashining 2024-yil 16-fevraldagi K/24-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan mahalliy byudjetning 2024-yil boshidagi erkin qoldik mablagʻlari hisobidan xarid qilingan (rasmlarda).
Yaʼni, avtomobillar xaridi uchun “Mehr daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ oʻtkazilmagan.
Ushbu avtomobillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan meʼyorlar amal qilgan holda xarid qilingan.
Hozirda serverda nega “Mehr daftari” jamgʻarmasi koʻrsatilayotgani sabablari oʻrganilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etamiz.