Avvalroq toʻxtatilgan shaharlararo poyezdlar harakati qayta tiklandi

    Bugundan boshlab Toshkentni Sirdaryo va Xojikent bilan bogʻlovchi elektropoyezdlar harakatlana boshlaydi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJning maʼlum qilishicha, 14-fevral sanasidan quyidagi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar oʻz harakatini davom ettirishni boshlaydi:

    14-fevral sanasidan

    6418-sonli “Toshkent — Sirdaryo” yoʻnalishi
    Toshkent 20:30 — Sirdaryo 22:47

    15-fevral sansidan

    6407-sonli “Sirdaryo — Toshkent” yoʻnalishi
    Sirdaryo 4:12 — Toshkent 6:21

    6413-sonli “Guliston — Toshkent” yoʻnalishi
    Guliston 15:52 — Toshkent 18:14

    6414-sonli “Toshkent — Guliston” yoʻnalishi
    Toshkent 12:59 — Guliston 15:27

    6429-sonli “Toshkent — Xojikent” yoʻnalishi
    Toshkent 7:06 — Xojikent 9:23

    6430-sonli “Xojikent — Toshkent” yoʻnalishi
    Xojikent 9:50 — Toshkent 12:01