Bugungi kunda Chilonzor tumanida barcha mahallalar kesimida «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak berib kelinmoqda. Jumladan, Al-Xorazmiy mahallasida ham bu daftarga 8 nafar ayollar kiritilgan.

Shuningdek, «Ayollar daftari»ga kiritilgan Nodira Kenjaeva ham ilgaridan tadbirkorlik bo‘yicha ish boshlashni reja qilib yurardi. Lekin ishni boshlash uchun sarmoya topishda qiynalib turgandi.

Bugungi kunda ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan Nodira Kenjaevaning rejalari amalga osha boshladi. Unga mahalla tomonidan maxsus yo‘llanma taqdim etilib, «1+1» dasturi asosida tadbirkorlik kursida tahsil oldi.

Hozirda imtiyozli kreditni ko‘lga kiritib, o‘z tadbirkorligini boshlagan Nodiraxon qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib, oziq-ovqat do‘konlariga yetkazib bermoqda, deb xabar beradi Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati.