Taʼkidlanishicha, 24−27-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib keladi. Hududlarda harorat +41…+44 darajagacha isiydi. Baʼzi joylarda shamol kuchayib, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.
Jumladan:
24-25-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida +41...+42 darajagacha;
24-27-iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +42...+44 darajagacha;
25-27-iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida +41...+42 darajagacha koʻtariladi.
24-26-iyul kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, baʼzi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.