"Azimut" aviakompaniyasi Mineralniye vodi va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

    23-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:26 da Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Mineralniye Vodidan uchgan samolyoti "Samarqand" xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

    An'anaga ko'ra, ekipaj va yo'lovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.

    Mineralniye Vodi — Samarqand — Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar Sukhoi Superjet 100 samolyotida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Ta’kidlash joizki, “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodi shahridan Toshkent, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga muntazam reyslarni hamda Farg‘ona va Namanganga charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, aviatashuvchi Toshkent va Samarqandni muntazam qatnovlar aorqali Moskva bilan bog‘laydi.

    Azimut — bosh qarorgohi Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.