"Navroʻz avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, insonlar qalbiga nur, shodlik va yangilanish ruhini olib kiradigan qutlugʻ ayyomdir.
Bu bayram anʼanalarimizga hurmat, ona zaminga mehr, tinchlik, hamjihatlik va yaxshi qoʻshnichilik kabi azaliy qadriyatlarni oʻzida mujassam etadi. Shu fayzli kunda barchamiz bir-birimizga quvonch, farovonlik va xotirjamlik tilaymiz.
Bahor xonadoningizga baxt-saodat, toʻkinlik va ijobiy oʻzgarishlar olib kelsin. Yaqinlaringiz doimo yoningizda boʻlsin, qalbingiz umid, shukronalik va mehr-muhabbatga toʻlsin.
Barchangizga tinchlik, xayru baraka va farovon hayot tilayman!", — deyiladi tabrikda.