Bahrom Abduhalimov Raqamli texnologiyalar markazida boʻldi

    Saylov 6 Oktabr 2021 823

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov Fargʻona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvidan soʻng Margʻilon shahridagi viloyat 2-son tumanlararo ftiziatriya dispanserida boʻlib, shifokorlar bilan suhbatlashdi.

    Shifoxonaning moddiy texnik bazasi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tibbiyot vakillarining mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish, ishlash tartibida samaradorlikka erishishga qaratilgan takliflarini berdi.

    – Darddan azob chekayotgan bemorlar uchun shifokordan yaqin inson boʻlmasa kerak, – deydi nomzod Bahrom Abduhalimov.–Ularning samarali muolajasi, samimiyati, shirin soʻzi ularning hayotga boʻlgan umidini beradi. Shifokorlar nafaqat dori-darmon bilan balki, soʻz bilan ham davolaydilar. Shu jihatdan olib qaralsa, shifoxonada maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash muhim vazifalarimizdan biri boʻlmogʻi kerak.

    Shuningdek, nomzod Margʻilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini hayotga tadbiq etish muhim ekanligi alohida qayd etildi.

    M. Sulaymonov,

    OʻzA