Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov: “Jamiyatimizda tibbiy madaniyat kodeksi ishlab chiqish zarur”

    Saylov 11 Oktabr 2021 1724

    – Saylovoldi dasturimizda aholiga kafolatli tibbiy xizmat koʻrsatish sohasiga ham alohida ahamiyat berilgan, – dedi Prezidentlikka nomzod B.Abduhalimov surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda.

    – Biz, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy etish kabi muhim masalalarni ilgari suramiz. Dori vositalarining noqonuniy aylanishiga toʻliq chek qoʻyib, qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olish tarafdorimiz.

    Oʻtgan yildan buyon dunyoga chang solib turgan koronavirus pandemiyasi ham jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirishning oʻrnini keng namoyon etdi. Shu jihatdan biz jamiyatda tibbiy madaniyat kodeksi ishlab chiqilishini zarur, deb hisoblaymiz.