– Yangi Oʻzbekistonning ertangi kelajagini talim va ilm belgilaydi, – dedi nomzod saylovchilarning savollariga javob berar ekan. – Shuning uchun ham keyingi yillarda taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Toʻgʻri, taʼlim bilan bogʻliq masalalar boshqa partiyalarning dasturida ham aks etgan.
Biz, esa maktabgacha talimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan jarayonni qamrab olganmiz. Oliy talimni tugatgan mutaxassislarni ish bilan taminlash ham davlat nazoratida boʻlishi kerak, degan fikrdamiz. Kvotani olib tashlash, sohada kuchli raqobat boʻlishi tarafdorimiz.
Nomzodning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi nihoyasiga yetdi.