Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi

    Moliya 25 Fevral 2021 822

    Majburiy ijro byurosi Uychi tumani boʻlimi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida bank foydasiga yirik miqdorda kredit qarzdorligi undirib berildi.

    Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Uychi tuman boʻlimi ish yurituviga joriy yilning 22-fevral kuni Uchqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 17-dekabrdagi qarzdor “GRAND BRICK INDUSTRI” MCHJ dan undiruvchi «Asakabank» AT banki Namangan viloyati filiali foydasiga 455.536.267 soʻm kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan. Shu kunning oʻzida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan.

    Qarorni ijro qilish uchun taraflarga Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan maʼlumot uchun yuborilgan.

    Mazkur ijro hujjati boʻyicha Byuroning Uychi tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu qarzdorlik amalda undirildi. Ijro hujjati tamomlandi.

    MIB Namangan viloyat boshqarmasi