Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston birodarlik munosabatlarining 2024-yilgi sarhisobi va 2025-yilga moʻljallangan rejalarni muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda barcha darajadagi jadal hamkorlikni ilgari surish, xususan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, hududlarning toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorligini kengaytirish, shuningdek, koʻp tomonlama platformalar doirasidagi sheriklik va boshqa koʻplab masalalar koʻrib chiqildi.
Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.