Baxtiyor Saidov shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA Bosh vazir oʻrinbosari va ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda hamkorlikning bir qancha muhim masalalari muhokama qilindi va ikki mamlakat aholisi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

    “Biz BAA hukumatining davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik kun tartibini ilgari surish yoʻlidagi doimiy koʻmagini qadrlaymiz“, — TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.